Bosh sahifaga qaytish

Maxfiylik siyosati

Tahrir: 2026-11-28

Kim saqlaydi

TojCut loyihasi — barberlar uchun Telegram xizmati. Savollar boʻyicha: @TojCut_Support.

Qanday maʼlumot saqlanadi

Barberlar roʻyxati uchun: ism, telefon raqami (Telegram orqali yuborilgan), Telegram ID va foydalanuvchi nomi, viloyat va tuman, barbershop nomi va Instagram (agar yozsangiz), havolangiz uchun tanlagan nom, kuniga mijozlar soni, kim taklif qilgani, rozilik bergan vaqtingiz.

Biz parol, kod yoki karta maʼlumotlarini hech qachon soʻramaymiz.

Nima uchun

Havolangizni band qilish, roʻyxatdagi oʻrningizni va takliflaringizni hisoblash, TojCut ishga tushgan kuni Siz bilan bogʻlanish uchun. Maʼlumotlar sotilmaydi, boshqalarga berilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi.

Qayerda saqlanadi

Faqat Oʻzbekistondagi serverda. Telefon raqami shifrlangan holda saqlanadi, zaxira nusxalar ham shifrlanadi va Oʻzbekistonda saqlanadi.

Bot bilan yozishmalar Telegram orqali oʻtadi; ular uchun Telegramning oʻz qoidalari amal qiladi.

Qancha vaqt

Toʻldirilmay qolgan forma 24 soatdan keyin oʻchadi. Roʻyxat maʼlumotlari Siz oʻchirguningizcha yoki TojCut ishga tushib, profilingizga oʻtkazilguncha saqlanadi.

Huquqlaringiz

Maʼlumotlaringizni koʻrish: botga /start yuboring. Oʻchirish: botga /delete_me yuboring — roʻyxatdagi oʻrningiz va havolangiz darhol oʻchiriladi. Roziligingizni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin.